Urganch shahridagi "Yangi Urganch” ko’chasida "To’maris Nur” savdo markazi ishga tushirildi. Viloyatimizda hali yagona bo’lgan yangi Gipermarketning ochilish marosimida bir qator mutasaddi tashkilot rahbarlari, keksa otaxon-u onaxonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok qildi. Ochilish marosimini Xorazm viloyati hokimi Po’lat Bobojonov ochib berdi va alvon lentani qirqib barcha mehmonlar bilan birgalikda ichkariga tashrif buyurishdi.

 Ushbu savdo markazining 1-qavatida dorixona, shirinliklar, qandolat, baqqollik, tortlar, issiq non va tayyor un masulotlari, sut va sut mahsulotlari, go’sht kolbasa, tovuq mahsulotlari, meva va sabzavotlar, trikotaj va galantereya bo’limlari joylashgan. 

2-qavatda kiyim-kechak savdo do’konlari, bolalar maydonchalari, avtodrom, o’yin avtomatlari va 5 "D” kinoteatri joyalshgan. 

3-qavatda Umumiy ovqatlanish markazi qoshida savdo markaziga tashrif buyuruvchilarga xizmat ko’rsatish uchun 7 turdagi oshxonalar: Milliy o’zbek taomlari, uyg’ur taomlari, turk taomlari, tabaka, xorazm taomlari, lavash, shirinliklar, muzqaymoqlar hamda 3 "D” kinoteatrlari (90 va 60 o’rinlik) joylashgan. 

4-qavatda esa aholi didiga mos qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, tikuvchilik sexi, ma’muriyat ofisi ish xonalari joylashgan. 

Yer osti qavatidan unumli foydalanish uchun tadbirkorlar va kichik biznes vakillariga ijaraga berish maqsadida barcha qulayliklarga ega 35ta zamonaviy savdo dokjnlari, maishiy texnikalarni ta’mirlash xonalari va texnik xonalar joylashgan. 

"Yaqindagina ish yuzasidan poytaxtimiz Toshkentga borib keldim. U yerdagi savdo markazlarini, katta-katta gipermarketlarni ko’rib rosa havasim kelgan edi. Ularni oila a’zolarimga, farzandlarimga havas bilan gapirib berdim. "Bizni viloyatimizda ham shunaqa gipermarketlar qurilsa-yu, u yerga bolalarim bilan birga borsam” deb orzu qilgandim. Bugun qarangi o’sha orzular ro’yobi yuz berdi. "To’maris-Nur” Ushbu savdo markazining ishga tushirilganligi biz kabi ota-onalarni, qolaversa, barcha aholini xursand qildi”- deydi Yusupova Maqsuda opa.